Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahrida 2015-yil 16-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ikkinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirdi.
O‘zA yozishicha, unda senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi tarkibiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Qaroriga ko‘ra, Isakov Baxtiyor Tursinmatovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi raisining birinchi o‘rinbosari etib saylandi.
Alimov Ibragim Mirzaraximovich va Maxmudov Alisher Shavkatovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining sudyalari etib saylandi.
Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Izoh (0)