2015-yilning birinchi choragida O‘zbekistonda 55 ta davlat aktivi (shundan “nol” qiymatda – 13 ta, 9,67 milliard so‘m investitsiya majburiyatlari va 349 ta yangi ish o‘rinlari barpo etish sharti bilan) 28,3 milliard so‘mga sotildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shundan, 17,08 milliard so‘mi investitsiya majburiyatlari bo‘lib, deyarli mingtagacha yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti ostida.
Bugungi kunga kelib, 864 ta davlat aktivlari ommaviy savdolarga qo‘yilgan, shundan 119 tasi “nol” qiymatda.
Xususiylashtirishning barcha manbalaridan tushgan tushum 23,3 milliard so‘mni tashkil etdi, shundan 10,44 milliard so‘mi respublika byudjetiga o‘tkazildi.
Izoh (0)