2015-yilning 19-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Bryussel shahrida Belgiya Parlamenti Vakillar palatasi Raisi Zigfrid Brake bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning dolzarb masalalari hamda O‘zbekiston—Belgiya parlamentlararo hamkorligini chuqurlashtirish istiqbollari yuzasidan fikr almshildi.
Ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazilgan va mamalakatimizdagi siyosiy, ijtimoiy islohotlar rivojini namoyish qilgan 2014-yil 21-dekabrdagi O‘zbekiston Republikasi Oliy Majlisiga va 2015-yil 29-martdagi Prezidenti umumxalq saylovlari natijalari to‘g‘risida Belgiya tomoniga ma’lumot berildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Belgiya o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashning boshqa masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)