“Biysk bug‘ qozon zavodi” O‘zbekistonning quvvat obyektlari uchun bug‘ qozoni uskunasini tayyorladi. Bu haqda Oltoy o‘lkasi sanoat va energetika boshqarmasiga tayanib, “Review.uz” xabar qilmoqda.
Tabiiy gaz yoki mazutda ishlovchi PTVM-30 suv isitish qozoni Toshkent korxonalaridan birining buyurtmasiga binoan Biyskda tayyorlangan.
Ushbu qurilma sanoat va maishiy obyektlarni hamda texnologik maqsadlarda turli soha korxonalarini issiqlik va issiq suv bilan ta’minlaydi.
Qurilma to‘laligicha O‘zbekistonga keltirilgan. Boshqarma Biysk zavodi O‘zbekiston korxonalari bilan bir necha yildan beri hamkorlik qilayotganini alohida qayd etgan.
Izoh (0)