AQSHning Oklaxoma shtatida shanba kuni yuz bergan bo‘ron va tornado natijasida o‘nlab turar-joy binolari va xo‘jalik inshootlariga zarar yetdi. “TASS”ning xabar berishicha, tabiiy ofat natijasida bir qator tumanlarda elektr ta’minoti ishdan chiqqan.
“Hozirgi vaqtda bizda mazkur tabiiy ofat natijasida halok bo‘lganlar yoki jabrlanuvchilar haqida axborot yo‘q. Umid qilamizki, bundan keyin ham bo‘lmaydi”, - dedi shtat favqulodda vaziyatlar xizmati vakili Keli Keyn.
Keynning so‘zlariga ko‘ra, shtatda elektr energiya ta’minoti uzilib qolishi bilan bog‘liq 3 mingdan ortiq holat haqida axborot kelib tushgan. Oklaxomadagi kuchli shamol, yog‘ingarchilik va do‘l 14 soatdan ortiq davom etishi kutilmoqda.
May oyi boshida shtatda kuzatilgan kuchli bo‘ronlar natijasida 30ga yaqin kishi jabrlangan, yerto‘lasiga yashiringan ayol esa, inshootning suvga to‘lishi natijasida, cho‘kib halok bo‘lgandi. O‘shanda Oklaxomaning 12 okrugida favqulodda holat tartibi joriy etilgandi.
Izoh (0)