Afg‘oniston poytaxti Kobul shahri aeroportiga olib boruvchi katta yo‘lda kuchli portlash yuz berdi. Bu haqda Echo.msk.ru xabar bermoqda.
TOLO-News xabariga ko‘ra, terakt natijasida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar bor, biroq ularning aniq soni hozircha ma’lum qilinmayapti.
Khaama-Press agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, portlovchi uskuna o‘rnatilgan avtomobilni boshqarib ketayotgan terrorchi-kamikadze Kobul aeroporti yaqinidagi NATO kuchlari karvoniga hujum qilgan.
Hozirgi vaqtda hodisa joyi xavfsizlik kuchlari tomonidan o‘rab olingan. Politsiya xodimlari halok bo‘lganlar orasida tinch aholi vakillari bo‘lishi mumkinligini ham inkor etishmayapti.
Izoh (0)