Islandiya jamoatchilik televideniyesi tomoshabinlari 24 soat davomida qo‘yning ko‘zi yorishi jarayonini kuzatdi, deya xabar bermoqda UPI. Milliy teleuzatish xizmati shu tariqa mamlakat aholisiga “an’anaviy qishloq xo‘jalik hayoti tushunchalari”ni singdirmoqchi bo‘ldi.
Islandiya shimoliy qirg‘oqlaridagi Skaga-fyordeda joylashgan fermadan uzatilgan translyatsiya 14-may, payshanba kuni tushdan boshlab roppa-rosa bir kecha-kunduz davom etdi.
“Tug‘ilish mavsumi — unutilmas davr, bu paytda siz jajji qo‘zichoqlar dunyoga kelishini ko‘rishingiz mumkin”, — deyiladi televideniye xabarida.
Izoh (0)