Turkiya harbiy havo kuchlari qiruvchi samolyotlari 16-may, shanba kuni Suriya samolyotiga qarata o‘t ochdi, deya xabar bermoqda “Kommersant”.
Reuters agentligi ma’lum qilishicha, hujumga samolyotning Turkiya havo makoniga kirgani sabab bo‘lgan.
Turkiya HHK ikkita raketa uchirgan. Samolyotning Suriya hududiga qulagani xabar berilmoqda.
Havo kemasi turi haqida ma’lumot berilganicha yo‘q.
Izoh (0)