Meksikaning Chiuaua shtati hududida noma’lum qurollangan shaxslar tomonidan yengil dvigatelli samolyotni urib tushirildi, deb xabar bermoqda “Kommersant”.
Samolyot Urike shahri yaqinida qulagan. Oqibatda besh kishi halok bo‘lgan. Samolyot ichida kimlar bo‘lgani ma’lum qilinmagan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, yengil dvigatelli Cessna 206 samolyotini urib tushirgan qurollangan shaxslar qo‘shni Sinaloa shtatidagi jinoiy to‘dalardan birining a’zolari bo‘lgan.
Izoh (0)