Janubiy Koreyadagi harbiy lagerda sodir bo‘lgan otishma oqibatida kamida bir kishi halok bo‘ldi va to‘rt kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda “Kommersant”.
Hodisa 13-may kuni Seulda joyalshgan Janubiy Koreya armiyasi mashg‘ulotlar lagerida sodir bo‘lgan. Otishmani lager hududida o‘q otishni boshlagan zaxira harbiylaridan biri boshlagan.
Janubiy Koreya armiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, shundan keyin erkak o‘z joniga qasd qilgan. Bu ishlarga uni nima undagani ma’lum emas.
Izoh (0)