Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron mamlakatning yangi hukumatini shakllantirishni yakunladi, deb xabar bermoqda “RBK”. Yangi hukumatning o‘ziga xosligi shundaki, unda ayollar soni oshgan.
Energetika vaziri Eda Devining o‘rniga Amber Radd, Ish bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha vaziri lavozimiga Priti Patel, Kichik biznes bo‘yicha vazir lavozimiga Anna Subri tayinlandi.
Mudofaa vaziri Maykl Fellon, tashqi ishlar vaziri Filip Xammond va ichki ishlar vaziri Tereza Mey yangi hukumatda ham o‘z o‘rnini saqlab qolgan. Moliya vaziri Jorj Osborn esa o‘z lavozimida qolish bilan birga bosh vazir o‘rinbosariga ham aylandi.
Izoh (0)