AQSh prezidenti Barak Obama shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasining rahbarligiga general Jozef Danford nomzodini taklif qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Bu haqda Oq uyning rasmiy vakili ma’lum qildi.
General Danford 2014-yil oktabridan buyon AQSh dengiz piyodalari korpusini boshqarib kelayotgandi.
Danford ikki yil davomida Afg‘onistonda xavfsizlikni ta’minlashga ko‘maklashuvchi xalqaro kuchlarga rahbarlik qilgan.
Bundan tashqari, Obama AQSh qurolli kuchlari rahbarining o‘rinbosari lavozimiga general Pol Selva nomzodini taklif qildi.