Avval xabar berganimizdek, Hindistonning Madxya-Pradesh shtati Panna okrugida 4-may, dushanba kuni avtobus ko‘prikdan chetga chiqib ketib, jarlikka quladi va yonib ketdi.
“Segodnya.ua” yozishicha, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, halokat natijasida 50 ga yaqin kishi nobud bo‘lgan. Avtobusdan chiqarib olingan jasadlar qattiq kuyib ketgan.
Hindiston hukumati qurbonlarning oilalariga 200 ming rupiy (taxminan 3 ming dollar) va jabrlanganlarga 25 ming rupiydan mablag‘ ajratishni buyurgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 12 kishi qutqarilgan.