Saudiya Arabistoni boshchiligidagi harbiy koalitsiya Yaman hududidagi aeroportlarni bombardimon qildi, deya xabar bermoqda “RBK”. Koalitsiya mamlakatlari Yaman hukumatiga isyonchi xusiylarga qarshi kurashda yordam bermoqda.
Adandagi shahar aeroportiga 4-may, dushanba kuni 150 dan ortiq aviazarba berildi. Koalitsiya aviatsiyasi, shuningdek, Xudayda va Sana shaharlaridagi aeroportlarga ham hujum qildi. Aviahujumlarga isyonchi xusiylarning tayanch nuqtalari Marib va Saada provinsiyalari duchor bo‘ldi.
26-martdan 21-aprelga qadar koalitsiya “Jasoratli bo‘ron” operatsiyasini o‘tkazdi. Endi “Umidning tiklanishi” yangi operatsiyasi boshlandi. U Yamandagi nizolarga siyosiy yechim topish, xavfsizlik masalalari va terrorizmga qarshi kurashga qaratiladi.