Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Britaniyalik bukmekerlar Kembridj gersog va gersoginyasi o‘z qizlariga Sharlotta deb ism qo‘yishini oldindan topgan o‘yinchilarga rekord miqdordagi mablag‘ — 1 million funt (1,53 million dollar) to‘ladi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.

Foto: AP

Foto: AP

Firma mutaxassislari ma’lumotlariga ko‘ra, totalizator (pul tikib o‘ynash) ishqibozlari orasida Sharlotta ismi so‘nggi kunlarda so‘zsiz favorit bo‘lgan. Eng ko‘p pul tikilgan boshqa ismlar Elis va Oliviya bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, gersog va gersoginya o‘z qizlarini Sharlotta Yelizaveta Diana deb nomladi, unga qirollik oliya hazratlari Kembridj malikasi Sharlotta deb murojaat qilish mumkin.

Kembridj gersog va gersoginyasi o‘z qizlariga Sharlotta Yelizaveta Diana deb ism berish orqali biryo‘la uch kishi — bobosi Charlz, buvisi Diana va hozirgi qirolicha Yelizaveta II hurmatini bajo keltirdi.

Sharlotta — chaqaloqning buvasi Uels shahzodasi Charlz ismining ayollarga xos variantidir.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda bedarak yo‘qolgan bola bir yildan so‘ng topildi 
Mahalliy
O‘zbekistonda Sanoat siyosati tadqiqotlari markazi tashkil etiladi
Biznes
O‘zbekistonda pomidor narxi rekordlarni yangilashda davom etmoqda