Hindistonning Madxya-Pradesh shtati Panna okrugida 4-may, dushanba kuni avtobus ko‘prikdan chetga chiqib ketib, jarlikka quladi va yonib ketdi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Natijada kamida 35 kishi halok bo‘ldi, yana 15 kishi jarohatlandi. Transport vositasida jami 50 dan oshiq yo‘lovchi bo‘lgan, ularning aniq soni ma’lum qilinganicha yo‘q.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan. Politsiya hodisa yuzasidan tergov boshladi.