Papua-Yangi Gvineya sohillari yaqinida 7,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Yerosti silkinishining epitsentri Kokopo shahridan 139 km janubda joylashdi.
Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot berilganicha yo‘q.
Zilzila o‘chog‘idan 300 km radiusda sunami xavfi e’lon qilindi.