Qozog‘istonning Chimkent shahrida davom etayotgan tennis bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 10 ming AQSh dollaridan iborat Shymkent Open turniri o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirdi, deb xabar bermoqda Olamsport.com.
Chorak finalga yetib kelgan O‘zbekistonning yagona vakilasi Polina Merenkova mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi.
Merenkova chorak final uchrashuvida rossiyalik Darya Lodikovaga qarshi kortga chiqdi va raqibasiga 3:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib, yakkalikdagi ishtirokini yakunladi.
Izoh (0)