Indoneziya hukumati Avstraliyani uning ikki fuqarosi — “Bali to‘qqizligi” deb ataluvchi guruhning boshliqlari Endryu Chan va Muran Sukuramanning qatl etilishi haqida xabardor qildi. Bu haqda Avstraliya tashqi ishlar vaziri Juli Bishopga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
OAVlar yozishicha, o‘lim jazosi avstraliyaliklarga nisbatan ushbu bildirishnomadan 72 soat o‘tib, ijro etilishi mumkin. Shunga qaramay, Bishop Indoneziya prezidenti Joko Vidodoga mahkumlarni afv etishni so‘rab murojaat qildi.
To‘qqiz nafar yosh avstraliyaliklar 2005-yil aprelida Balida ushbu orolga 8 kg geroin olib kirishga uringan vaqtida qo‘lga olingan edi. Kontrabandachilarning yetti nafari sud tomonidan bir umrlik qamoqqa hukm qilingan, boshliqlar esa oliy jazo — otilishga mahkum etilgan edi.
Avstraliya OAVlari Chan va Sukuraman qatl etilsa, Jakarta va Kanberra o‘rtasidagi aloqalar keskinlashishini taxmin qilmoqda.
Izoh (0)