Rossiya temiryo‘l qo‘shinlari Voronej viloyatining Juravka stansiyasidan Rostov viloyatining Millerovo stansiyasiga bo‘lgan 18 kilometrli bo‘lakda ikki yo‘lli elektrlashtirilgan temiryo‘l qurilishini boshlashdi. Bu haqda “Liga.net” xabar bermoqda.
Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Dmitriy Bulgakovning ma’lum qilishicha, ushbu temiryo‘l bo‘lagining qurilishi natijasida poyezdlar Ukrainaga kirmasdan harakatlanish imkoniga ega bo‘ladi.
Uning aniqlik kiritishicha, qurilishga “360dan ortiq maxsus texnika va shaxsiy tarkibning 900 nafar vakili jalb etilgan. Harbiylar va texnikani joylashtirish uchun Voronej viloyatining Novopavlovka va Kolesnikovka qishloqlarida dala lagerlari o‘rnatilgan.
Izoh (0)