Nepal hukumati mamlakatning halokatli zilziladan zarar ko‘rgan mintaqalarida favqulodda holat rejimini joriy qildi. “TASS” Hindiston meteorologiya departamentiga tayanib xabar berishicha, Janubiy Osiyo mamlakatida yerosti silkinishlari davom etmoqda.
25-aprel, shanba kuni mahalliy vaqt bilan 19:40 (Toshkent vaqti bilan 19:10)da 4,7 magnitudali zilzila qayd etildi. Seysmologlar kamida jami 15 ta silkinishni qayd etgan. Birinchi va eng kuchli zilzila (7,9 magnitudali) mahalliy vaqt bilan 11:41 (Toshkent vaqti bilan 11:11)da sodir bo‘ldi. Uning epitsentri Nepal poytaxti Katmandudan 80 km shimoli-g‘arbda joylashdi.
Zilzila so‘nggi 80 yil ichidagi eng kuchlisi ekanligi qayd etilmoqda. Uning qurbonlari soni 800 kishidan oshdi.
Izoh (0)