O‘zbekiston 2015-yilda Sovet davridan keyingi makondagi eng baxtli mamlakat deb topildi. Bunday xulosaga Kolumbiya universiteti tahlilchilari “Barqaror taraqqiyot yechimlari tarmog‘i” xalqaro loyihasi doirasida keldi, deya xabar bermoqda “12news.uz”.
2015-yilda aholisining baxtlilik darajasi bo‘yicha dunyo mamlakatlari reytingi (World Happiness Report 2015)da O‘zbekiston aholisining baxtlilik darajasi ko‘rsatkichi 6,003 ballga teng bo‘ldi va umumiy reytingda 44-o‘ringa loyiq deb topildi.
Reytingda Moldova 52, Qozog‘iston 54, Litva 56, Belarus 59, Rossiya 64, Turkmaniston 70, Estoniya 73, Qirg‘iziston 77, Latviya 89, Ukraina 111, Armaniston 127 va Gruziya 130-o‘rinlarni egalladi.
2015-yil reytingida eng baxtli mamlakat Shveysariya bo‘ldi. Baxtlilik darajasi bo‘yicha dunyoning yetakchi mamlakatlari o‘nligiga shuningdek Islandiya, Daniya, Norvegiya, Kanada, Finlyandiya, Niderlandiya, Shvetsiya, Yangi Zelandiya va Avstraliya kirdi.
Izoh (0)