Oldingi telefon raqamini saqlab qolgan holda uyali operatorni o‘zgartirish imkoniyati uyali aloqa bozorida raqobatni rivojlantirishga yordam beradi. Qozog‘iston investitsiya va taraqqiyot vaziri o‘rinbosari Asqar Jumagaliyev buni “mobil qullik”dan xalos bo‘lish zarurati uchun sabablardan biri sifatida keltirdi, deb yozadi “Nur.kz”.
Jumagaliyev so‘zlariga ko‘ra, raqamni o‘zgartirmasdan turib, uyali operatorni almashtirish imkoniyati qozog‘istonliklarda 2015-yil oxirigacha paydo bo‘lishi mumkin.
Statistika shuni ko‘rsatadiki, Qozog‘istonda ro‘yxatga olingan uyali raqamlar (24 millionta) mamlakat aholisi soni (17 million)dan deyarli 1,5 marta ko‘pdir.
Izoh (0)