Olma-otalik Artyom Yermilovning Instagram’dagi sahifasi anchagina taniqli bo‘lib ketdi, deb yozadi “Tengrinews.kz”. Yigitcha bir yilda 80 mingdan oshiq obunachilar yig‘ishga ulgurdi, undan keladigan daromad esa oyiga ming dollarga teng, ba’zida esa undan ham oshadi. Artyom nashrga sahifani samaradorlik bilan yuritish sirlarini oshkor etdi.
Artyom Yermilov alohida ta’lim olmasdan turib ham xobbi yordamida mo‘maygina pul ishlab topish mumkinligini ko‘rsatib berdi. Shu paytga qadar u bir qancha kiyim-kechak brendlari, reklama va model agentliklari bilan ishladi.
Boshlang‘ich “instagramchilar”ga maslahat berar ekan, birinchi navbatda uslub va mavzuni aniqlashtirib olish kerakligi, taniqli bo‘lib ulgurgan fotosuratchilarga taqlid qilish kerak emasligini ta’kidladi.
Fotosurat yaxshi chiqishi uchun haqiqiy hissiyotlar zarur. Shuningdek fotoga ishlov berishga alohida e’tibor qaratish lozim.
Izoh (0)