Xalq deputatlari Oliy Radaning Rossiya prezidenti Vladimir Putinga murojaati to‘g‘risida qaror qabul qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Murojaatda Minsk kelishuvlarini bajarish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuiga rioya qilish va Rossiyada noqonuniy ravishda tutib turilgan garovdagilarni ozod etish zarurati haqida aytiladi.
Ukraina parlamenti shuningdek, Putindan Ukrainaning Donetsk va Lugansk viloyatlarida faoliyat yuritayotgan noqonuniy qurolli harbiy qismlarga bo‘lgan ta’siridan foydalanib, garovdagilarni zudlik bilan bo‘shatishni so‘ramoqda.
Izoh (0)