2020-yilga borib Rossiyaning “Obyedinyonniye konditeri” (“Birlashgan qandolatchilar”) xolding kompaniyasi O‘zbekistonning Toshkent viloyatida qiymati 20 million dollar bo‘lgan qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkillashtiradi, deb xabar bermoqda “Novosti Uzbekistana”.
Oziq-ovqat sanoati uyushmasi ma’lumotiga ko‘ra, korxonaning ishlab chiqarish quvvati 10 ming tonna qandolatchilik mahsulotlariga teng bo‘ladi. Bu o‘rta muddatli istiqbolda O‘zbekiston oziq-ovqat sanoatida xorijiy investitsiya ishtirokida tashkil etiladigan eng yirik loyiha bo‘ladi.
O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi korxonalari 2020-yilgacha umumiy qiymati 123,8 million dollarlik 89 ta ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)