Rockwell Collins kompaniyasi qiruvchi samolyot uchuvchisiga atrofni samolyot devori orqali ko‘rish imkonini beruvchi Gen III Helmet Mounted Display System (HMDS) shlemini ishlab chiqdi, deya xabar bermoqda Korrespondent.net.
Samolyot perimetri bo‘ylab atrofni ko‘rsatib bera oladigan oltita simsiz infra-qizil kamera uchuvchiga bombardimonchi samolyotning devori orqali, real vaqt rejimida atrofni “tomosha qilish” imkonini taqdim etadi. Dubulg‘a yordamida kunning qorong‘i vaqtida ham atrofni kuzatib borish mumkin.
Ishlab chiqaruvchilarning fikricha, ushbu yangi uskuna uchuvchiga samolyotdagi va uning atrofidagi vaziyat haqida batafsil axborot olishga yordam beradi.
Xabar berilishicha, HMDS’ning vizoriga parvoz tezligi, balandligi va yo‘nalishi haqidagi ma’lumotlar chiqarib turiladi, bu esa, klassik displeydagi tasvir bilan taqqoslaganda, uchuvchiga ma’lumotlarni tezroq idrok etishga yordam beradi.
Izoh (0)