Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida faoliyat olib borayotgan “Barhayot qurilish” xususiy korxonasiga 2013-2014-yillarda rahbarlik qilgan shaxs o‘z majburiyatlarini unutdi, deb xabar beradi “Huquq” nashri.
U 37 million 488 ming so‘mlik xaridorgir mahsulotlarni naqd pulga sotib, undan tushgan pul mablag‘larini nazorat-kassa mashinasidan o‘tkazmadi. Mablag‘larni bank muassasasiga topshirmay, o‘z maqsadlari yo‘lida ishlatib yubordi.
Shuningdek, uning korxona amalga oshirgan faoliyati DSIga topshiradigan hisobotlarda kamaytirib ko‘rsatib, byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan 70 million 860 ming so‘mlik soliq va majburiy to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bosh tortgani ma’lum bo‘ldi.
Sud qonunbuzarga nisbatan odilona hukm chiqardi, deyiladi manbada.
Izoh (0)