O‘zbekistonda Nokia Lumia 735 LTE smartfoni sotila boshladi, deya xabar bermoqda “Mobinfo.uz”. Kompaniya ta’kidlashicha, ushbu smartfonning asosiy o‘ziga xosligi uning selfi ishqibozlari uchun mo‘ljallangan sifatli 5 megapikselli old kamerasidir.
Qurilma 4,7 dyuymli va 1280×720 pikselli OLED-displey, to‘rt yadroli Qualcomm Snapdragon 400 protsessori, 1 Gb tezkor va 8 Gb ichki xotira (+microSD), 6,7 megapikselli asosiy kamera, 2200 mA/s sig‘imli akkumulyatorga ega.
Smartfon Windows Phone 8.1 operatsion tizimida ishlaydi.
Nokia Lumia 735 LTE’ni poytaxtdagi “Fleshka” savdo majmuasidan 1,1 million so‘mga xarid qilish mumkin.
Izoh (0)