“Barselona” klubi bosh murabbiyi Luis Enrike “Selta”ga qarshi Ispaniya chempionatining navbatdagi o‘yinida jamoa hujumchisi Lionel Messiga umid bildirishi mumkin, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
Argentina terma jamoasi futbolchisi Ispaniyaga kelishi bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va xulosalar uni maydonga tusha olishini tasdiqladi.
Eslatib o‘tamiz, Messiga o‘ng oyoq tovon qismining jarohati tashxisi qo‘yilgan edi. Futbolchi uni “Manchester Siti”ga qarshi o‘yinda orttirib olgandi.
Argentina terma jamoasi safida u o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushmadi.
Izoh (0)