Buxoro viloyati Romitan tumanidagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada 334 nafar xotin-qiz bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning 201 nafariga davolash muassasalariga yo‘llanmalar berildi, deb xabar beradi “Uz24.uz” “Turkiston-press” axborot agentligiga tayanib.
Qayd etilishicha, 20 dan ortiq onkolog, terapevt, endokrinolog, kardiolog, okulist, lor, psixiatr, psixolog, sotsiologlar tegishli muolajalarni amalga oshirgan.
Bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazish doirasida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi va homiylar tomonidan jami 179 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan, nogiron oilalarning xonadonlarida bo‘lib, ularga 6 million 112 ming so‘mdan ziyod 8 turdagi 126 komplekt dori-darmon, 2 million 200 ming so‘mlik nogironlar aravachasi, 50 juft oyoq kiyimi, turli kasalliklar oldini olish uchun 50 ta buklet va boshqa jihozlar tarqatildi.
Mazkur loyihani o‘tkazishdan maqsad onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish, umr uzoqligini ta’minlash, sog‘lom millat genofondini asrashga ko‘maklashish, ayollarning oila va jamiyatdagi roli hamda maqomini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish, xotin-qizlarning tibbiy savodxonligini oshirish va ayollardagi o‘sma kasalliklarining oldini olish borasidagi targ‘ibot-tushuntirish ishlarini olib borishdan iborat.
Izoh (0)