O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining 2015-yil 20-yanvardagi 2-sonli qarori bilan Farg‘ona viloyati Yozyovon shahar posyolkasining bosh rejasi tasdiqlandi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar qildi.
Bosh reja “O‘zshaharsozlikLITI” DUK loyiha instituti tomonidan ishlab chiqilib, shaharning 2025-yilgacha bo‘lgan muddat uchun rivojlanish istiqbolini belgilaydi.
Jumladan, bosh rejaga muvofiq shaharning:
- aholisi soni 25,0 ming kishigacha;
- hudud maydoni 830,5 gektargacha;
- uy-joy fondi 500,0 ming m.kv. gacha o‘sishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)