O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Akmal Saidov 29-mart kuni ovoz berish uchun Toshkent shahridagi 93-saylov uchastkasiga keldi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Nashr ta’kidlashicha, Saylov jarayoni xalqaro huquq normalariga mos, oshkoralik, ko‘ppartiyaviylik, erkinlik, tenglik tamoyillariga muvofiq o‘tmoqda. Bunda saylov tizimiga oid qonunchilikda fuqarolarning saylovoldi kampaniyasida va ovoz berishda erkin qatnashishi, ovoz berish yashirinligi, buni har bir fuqaroning o‘zi bevosita amalga oshirishi belgilab qo‘yilgani alohida ahamiyat kasb etayotir.
Izoh (0)