O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Hotamjon Ketmonov 29-mart kuni Toshkent shahridagi 260-saylov uchastkasida ovoz berdi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Nashr yozishicha, Mamlakatimizda xalqaro me’yorlarga to‘la mos holda, ko‘ppartiyaviylik, oshkoralik tamoyillari asosida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yurtimiz istiqbolida muhim o‘rin tutadi. Xalqimizning unda faol ishtirok etayotgani Vatanimizning buyuk kelajagiga katta ishonch va daxldorlik tuyg‘usi bilan yashayotganidan dalolatdir.
Izoh (0)