Britaniyalik jarrohlar Yevropada ilk marotaba urishdan to‘xtagan yurakni ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha operatsiyani amalga oshirdi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Odatda yurak ko‘chirish uchun donor bosh miya faoliyati to‘xtagan, biroq yuragi urib turgan odam bo‘ladi. Bu safar esa yuragi ham to‘xtab bo‘lgan odam donor bo‘lgan. Qayd etilishicha, bunday donorlarni topish osonroq.
Operatsiya Kembrijshir grafligida joylashgan Papvort shifoxonasida amalga oshirilgan.
Izoh (0)