Dunyodagi eng yirik onlayn-riteyler Amazon.com “lyuks” sinfidagi kiyim-kechak internet-do‘koni Net-a-Porter’ni sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Forbes o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda, deb yozadi Meduza.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, oldi-sotdi 2 milliard yevroga baholanishi va u Amazon.com tarixida eng yirik xaridga aylanishi mumkin.
Avvalroq Amazon.com lyuks kiyim-kechaklar onlayn savdosi sektoriga chiqish niyati haqida ko‘p bora aytgan edi.
Amazon.com va Net-a-Porter rasmiy vakillari olib borilayotgan muzokaralar haqidagi xabarlarga izoh bermadi.
Izoh (0)