Yer aholisi 2015-yilda ikki marta oy tutilishi guvohi bo‘lishi mumkin, deya xabar bermoqda “TASS” Rossiya Fanlar akademiyasi Amaliy astronomiya institutiga tayanib. G‘arbiy yarim sharda yashovchilar uni 4-aprelda, Sharqiy yarim shardagilar esa 28-sentabrda tong otishidan avval ko‘radi.
“4-aprel kuni oy tutilishini Shimoliy va Janubiy Amerika g‘arbida hamda Tinch okeani orollari, Avstraliya va Yangi Zelandiyada ko‘rish mumkin bo‘ladi. Oyga Yer soyasi tushib, u sakkiz daqiqaga qip-qizil tusga kiradi. 28-sentabrdagi to‘liq oy tutilishi esa 1 soat-u 13 daqiqa davom etadi. U Yevropada, Osiyo g‘arbi, Afrika, Grenlandiya, Shimoliy va Janubiy Amerikada ko‘rinadi”, — dedi institut matbuot kotibi Nikolay Jeleznov.
4-aprel kuni oy tutilishining avji Toshkent vaqti bilan 16:56 ga to‘g‘ri keladi. 28-sentabrdagi to‘liq oy tutilishi esa Toshkent vaqti bilan 7:11 da boshlanib, 8:24 da tugaydi.
2015-yilda oy tutilishlari quyosh tutilishlaridan so‘ng sodir bo‘ladi. 20-mart kuni quyosh tutildi, ikkinchisi 13-sentabrda kuzatiladi, oy tutilishlari esa ularning har biridan keyin ikki hafta o‘tib sodir bo‘ladi.
Izoh (0)