2015-yilning 27-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Shanxay hamkorlik tashkilotining Bosh kotibi Dmitriy Mezensev bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida xabar berildi.
Dmitriy Mezensev ShHTning 29-martga belgilangan O‘zbekiston Prezidenti saylovini Kuzatuvchilar missiyasiga boshchilik qilmoqda.
Suhbat davomida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi hamda tashkilot doirasidagi bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlik jarayoni muhokama qilindi.
Izoh (0)