Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakatning barcha kuch tuzilmalari ishtirokida yirik maxsus operatsiya boshlanganini e’lon qildi, deya xabar bermoqda “Vedomosti”.
Poroshenko so‘zlariga ko‘ra, bu “qo‘llarida qurol bilan ukrainaliklarni o‘ldirgan banditlar jazosiz qolmasligi uchun” amalga oshirilmoqda. “Ukraina xavfsizlik xizmati xodimi qotilini topish va jazolash — shon-sharafdir”, — dedi u.
Bunda gap yaqinda Volnovaxa yaqinidagi blokpostda o‘ldirib ketilgan UXX kapitani Viktor Manzik haqida bormoqda. Nashr manbasi ma’lumotlariga ko‘ra, uni Dnepropetrovsk viloyatining o‘z vazifasidan chetlatilgan gubernatori Igor Kolomoyskiy tomonidan moliyalashtiriluvchi “Dnepr-1” militsiya batalyoni jangchilari otib ketgan.
Izoh (0)