“YuKOS” sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiy uni “kameraga jo‘natish hukumat uchun xavfli bo‘lib qolgani”ni his qilishi bilan Rossiyaga qaytishga va’da berdi, deb yozadi “Vedomosti”.
Bu haqda u Novosibirsk bilan bo‘lib o‘tgan teleko‘prikda ma’lum qildi. “O‘ylaymanki, bunday vaziyatda tezda yuzaga keladi”, — deya qo‘shib qo‘ydi u.
Siyosatchi so‘zlariga ko‘ra, u yashash joyi bilan bog‘liq masalani qayerda “samaraliroq ishlash mumkin bo‘lishi” nuqtai nazaridan ko‘rib chiqmoqda. U Rossiyada o‘zining uy qamog‘iga mahkum etilishi ehtimoli kam ekanligi va u yana o‘ziga tanish kameraga joylashtirilishini taxmin qilmoqda. “Kameraga tushishdan qo‘rqmayman, biroq u yerda ishlash qiyinroq bo‘ladi”, — dedi Xodorkovskiy.
Izoh (0)