Oliy Rada raisi Vladimir Groysman Donetsk va Lugansk viloyatlarining alohida hududlarini vaqtincha bosib olingan deb e’lon qilish to‘g‘risidagi parlament qarorini imzoladi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Parlament ushbu qarorni 17-mart kuni qabul qilgan edi. Rada majlisida mazkur qarorni yoqlab 280 nafar xalq deputatlari ovoz berdi.
Groysman ta’kidlashicha, ushbu qarorga muvofiq, Donetsk va Lugansk viloyatlarining alohida hududlari vaqtinchalik bosib olingan deb e’tirof etiladi hamda u yerdan noqonuniy harbiy qismlar va ularning harbiy texnikalari chiqarib ketilib, davlat chegarasi ustidan Ukraina nazorati qayta tiklanmaguniga qadar, u yerda mahalliy o‘z-o‘zini boshqarishning alohida tartibi joriy etiladi.
Izoh (0)