AQShning Texas shtatidan senator, respublikachi Ted Kruz AQShda 2016-yil kuzida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etish niyatini bildirdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Qolgan da’vogarlar orasida birinchi bo‘lib saylovda qatnashishi haqida e’lon qilgan 44 yoshli Kruz 2012-yildan buyon Texas senatoridir. U ko‘p bora AQSh prezidenti Barak Obama ma’muriyatini tanqid qilib gapirgan.
Kruz o‘z Twitter’iga 30 soniyali video joylab, unda amerikalik yosh konservatorlarni o‘zini qo‘llab-quvvatlashga va mamlakatni tiklashga chaqirdi. “Men prezidentlik lavozimiga o‘z nomzodimni qo‘yaman va sizning ko‘magingizni olishga umid qilaman”, — dedi u.
Izoh (0)