Rossiyaning Bryansk viloyati hududidagi Bryansk−Novozibkov trassasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lganlarning soni 15 nafarga yetdi va ularning barchasi O‘zbekiston fuqarolaridir, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Halok bo‘lgan mikroavtobus haydovchisi, 14 nafar yo‘lovchi va jarohat olgan to‘rt yo‘lovchi O‘zbekiston fuqarolaridir”
Shuningdek, mikroavtobus bilan to‘qnashgan Renault yuk avtomobilining yo‘lovchisi ham jabrlangan. Qayd etilishicha, Mercedes-Benz Sprinter mikroavtobusida jami 19 nafar kishi bo‘lgan, ularning hammasi Ukraina chegarasidagi o‘tkazish punktidan Rossiyada bo‘lib turish muddatini uzaytirib qaytayotgan bo‘lgan.
Izoh (0)