Hindiston poytaxti Dehli shahridagi Karol Bagx mavzesidagi mehmonxonalardan birida 27 yoshli qozog‘istonlik ayol zo‘rlab ketildi, deb xabar bermoqda “Newskaz.ru”.
O‘z ishlari bilan Hindistonga borgan ayol kechki ovqat paytida gumonlanuvchilarning ikkki nafari bilan uchrashgan, ular ayolni hamkorlar bilan suhbatlashish uchun boshqa mehmonxonaga taklif qilgan va o‘sha yerga olib borib zo‘rlagan. Uchinchi gumonlanuvchi ayolga avvalroq taksi xizmatini ko‘rsatgan haydovchi bo‘lgan. Uchala shaxs ham qo‘lga olingan.
Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi ushbu holat yuzasida izoh berib, mamlakatning Hindistondagi elchixonasi Qozog‘iston fuqarosining huquq va manfaatlarini maksimal darajada himoya qilish uchun jabrlanuvchi va politsiya bilan doimiy aloqada bo‘lib turganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniyaning The Daily Mail nashri tomonidan tuzilgan ayol sayohatchilar uchun eng xavfli davlatlar reytingida Hindiston birinchi o‘rinda ko‘rsatilgan bo‘lib, ko‘pincha chet ellik ayollar zo‘rlanishi qayd etilgan.
Izoh (0)