13-mart kuni Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Instagram’idagi obunachilari soni 1 million kishiga yetdi, deya xabar bermoqda “Mail.ru”.
Medvedev ushbu sanani yangi selfi bilan “nishonladi”. Biroq bu safar u smartfonga emas, Nikon fotokamerasiga selfiga tushdi.
Bosh vazir suratni Instagram’ga joylab, “1 million obunachilar. Rahmat!” deb yozdi. Fotosuratda Medvedevning ko‘zgudagi aksi tasvirlangan.
Eslatib o‘tamiz, Dmitriy Medvedev ilk selfisini 2014-yil iyunida Instagram’ga joylagan, u iPhone yordamida Rossiya Federatsiyasi Hukumati uyi liftida olingan edi.
Izoh (0)