Rossiyaning Chita viloyati Ingodinsk tumanida tergovchilar ikkinchi sinf o‘quvchisining o‘limi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘adi, deya xabar bermoqda “TASS”. Asosiy versiyaga ko‘ra, bolakayni itlar to‘dasi g‘ajib tashlagan.
Jinoyat ishi Zabaykalye o‘lkasi ma’muriyatining javobgar shaxslariga nisbatan “Odam o‘limiga sabab bo‘lgan sovuqqonlik” va “Ehtiyotsizlik tufayli o‘limga olib kelish” moddalari bo‘yicha qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)