Madridning “Real” klubi va Portugaliya terma jamoasi a’zosi Krishtianu Ronaldu Facebook ijtimoiy tarmog‘ida eng mashhur odamga aylandi. U bu ko‘rsatkich bo‘yicha kolumbiyalik qo‘shiqchi Shakirani ortda qoldirdi, deb xabar berdi “Uff.uz” BBC telekanaliga tayanib.
Krishtianu Ronalduning rasmiy sahifasi oxirgi hisobga ko‘ra, 107 102 836 “layk” to‘plagan, “Barselona” futbolchisi Jerar Pikening turmush o‘rtog‘i, kolumbiyalik qo‘shiqchi Shakira hisobida esa 107 089 991 ta “layk” bor.
Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha reytingning yuqori o‘ntaligidan “Barselona” futbol klubining sahifasi ham o‘rin olgan (83 617 531 ta layk), klubning hujumchisi Lionel Messi esa ushbu reytingda 13-o‘rinni egallagan (78 285 797 ta layk).
Izoh (0)