AQSh hukumati Rossiyaning ikkita: “SMP Bank” va “Rossiya” banklarining 640 million dollarlik aktivlarini bloklab qo‘ydi, deya xabar bermoqda “Novaya gazeta”.
Xabar berilishicha, Qrim Rossiyaga qo‘shilganidan so‘ng “Rossiya” banki birinchi bo‘lib sanksiyalarga uchragan: ushbu kredit tashkilotining muzlatilgan hisoblaridagi mablag‘ 572 million dollarni tashkil etdi. Bu bankning 2013-yildagi jami aktivlarining 10 foiziga tengdir.
“SMP Bank” esa AQShdagi hisoblariga 2013-yildagi barcha aktivlarining 2 foizi — 65 million dollar mablag‘ni joylashtirgan.
Nashrning ta’kidlashicha, ushbu kredit tashkilotlari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yaqin atrofidagi kishilarga tegishlidir.
Izoh (0)