Avval xabar berilganidek, Toshkentdagi Abdulla Qodiriy va Sebzor ko‘chalari kesishgan hududda Shayxontohur va Yunusobod tumanlarini bog‘lovchi ko‘prik qurilmoqda. “Mover.uz” saytida ushbu ko‘prik loyihasining animatsiyasi paydo bo‘ldi.
3-mart kuni tarmoqqa chiqarilgan videolavhada avtomobil ko‘prigi va piyodalar uchun eskalatorli ko‘prik kabilardan iborat infratuzilma obyekti qurib bitkazilgach qanday holatga kelishi aks etgan. Videoda loyiha Toshkentboshplan LITI tomonidan 2015-yilda ishlangani yozilgan.
Qayd etish joizki, loyihaning yo‘l qismida bir qancha xatoliklarni ham ko‘rish mumkin. Jumladan, avtomobil ko‘prigi ustida yoritish ustunlari yo‘q, loyihada svetoforlar mavjud emas va yo‘l chiziqlarining chizilishida ham xatolar bor.
Izoh (0)