2014-yilda smartfonlarning dunyo bo‘yicha savdosi birinchi marta bir milliard donadan oshdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net” Gartner tadqiqot kompaniyasiga tayanib.
O‘tgan yili smartfonlar savdosi hajmi 28,4 foizga oshib, 1,2 milliardni tashkil etdi. Shu tariqa, mobil aloqa qurilmalari savdosining uchdan ikki qismi smartfonlar hissasiga to‘g‘ri keldi.
Shuningdek, smartfonlar bozorida o‘tgan yil bo‘yicha yetakchilikni Samsung qo‘lga oldi, uning bozordagi ulushi 24,7 foizni tashkil etdi. Keyingi o‘rinni 15,4 foiz hissa bilan Apple egalladi.
Izoh (0)